loading...
Casio Edifice Automatic EFK-200D-4A
5 900 000 so‘mOmborda bor
Buyurtmalar Toshkent shahriga 24 soat ichida, viloyatlarga 48 soat ichida yetkazib beriladi.
Mahsulot haqida
Casio Edifice Automatic EFK-200D-4A — Yapon sifati va nafislik timsoli!
"Speed and Intelligence" (Tezlik va aql-zakovat) konsepsiyasi asosida yaratilgan ushbu premium toifadagi mexanik soat muvaffaqiyatli va did farqosati yuqori erkaklar uchun ajoyib tanlovdir. Casio Edifice nafaqat vaqtni, balki sizning xarakteringizni ham ko'rsatib turadi.
Asosiy xususiyatlari va afzalliklari: ⚙️ Mexanizm: 21 toshli ishonchli yapon avtomat mexanizmi (soatiga 21600 tebranish). 🔋 Quvvat zaxirasi: 42 soatgacha, shuningdek, mexanizmni qo'lda burab taranglash (ruchnoy zavod) imkoniyati mavjud. 💎 Himoya oynasi: Chizilishlarga mutlaqo chidamli, tiniq va mustahkam sapfir shisha. ✨ Korpus va Siferblat: Zanglamas po'latdan (316L) ishlangan baquvvat dumaloq korpus. Maxsus elektroformlash texnologiyasi asosida yaratilgan laklangan siferblat soatga teran va boy ko'rinish bag'ishlaydi. Sana darchasi qulaylik uchun soat "3" holatida joylashgan. 🌊 Suv o'tkazmaslik (Qo'shimcha): 10 Bar (100 metr) — soatni yechmasdan bemalol cho'milish va suv sporti bilan shug'ullanish mumkin. 🌌 Yoritish (Qo'shimcha): Strelka va shtrix-belgilardagi maxsus lyuminessent (Neobrite) qoplama qorong'ida ham vaqtni aniq ko'rish imkonini beradi. 🔍 Orqa qopqoq va Boshqaruv: Elegant qirrali zavod golovkasi hamda mexanizmning uzluksiz ishlashini ko'rsatib turuvchi shaffof, burab qotiriladigan orqa qopqoq. 🔗 Bilaguzuk: Birgina teginish bilan ochiladigan, uch karrasi buklanuvchi qisqichli mustahkam po'lat bilaguzuk.
🎁 Har qanday uslubni mukammal to'ldiruvchi, uzoq yillar xizmat qiladigan ishonchli hamroh!
O‘xshash mahsulotlar
Sotib olish









